+(99871) 200-02-69

Контактный телефон

Manzil
Toshkent shahar, 100109, Shifokorlar ko'chasi, 1
Ish vaqti
Dushanba - Juma: 9:00 - 15:30;
Shanba: 9:00 - 14:30

RESPUBLIKA IXTISOSLAShTIRILGAN UROLOGIYa ILMIY-AMALIY TIBBIYoT MARKAZI MUROJAATNOMASI

Asosiy sahifa > Markaz haqida > Yangiliklar > Yangiliklar > RESPUBLIKA IXTISOSLAShTIRILGAN UROLOGIYa ILMIY-AMALIY TIBBIYoT MARKAZI MUROJAATNOMASI

Qadrli yurtdoshlar!

 

Markazning 111 nafar  mutaxassislari 2024 yilning o‘tgan 9 oy davrida 48 marotaba xududlarga tashrif buyurib, 6368 nafar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Ko‘riklar vaqtida aniqlangan bemorlarning 4836 nafariga ambulator  1057 nafariga esa, statsionar sharoitda tibbiy  yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa 475 nafarini boshqa tor mutaxassislarga yo‘naltirildi. Markaz xodimlari tomonidan xududlarda tashkil qilingan 144 ta maxorat darslari natijasida 127 nafar bemorga yuqori texnologik murakkab jarroxlik amaliyotlari bajarildi. Markazning yetakchi mutaxassislari, xudularga tashrif davrida birlamchi tibbiy bo‘g‘indagi 4566 nafar tibbiyot xodimlariga “keng tarqalgan urologik kasalliklar”ni oldini olish, erta aniqlash va reabilitatsiyasi bo‘yicha ma’ruza va davra suhbatlari tashkil qilindi.

2024 yilning o‘tgan 9 oy davrida ixtisoslashtirilgan urologiya xizmatini rivojlantirish va aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida, Markaz va viloyatlar amaliyotiga turdagi tashxislash va 4 turdagi yuqori texnologik jarroxlik amaliyotlari tatbiq qilindi.

Markazning 1 nafar mutaxassisi professor, 2 nafar mutaxassislari dotsent unvoniga sazovor bo‘lishgan bo‘lsa, markazning 2 nafar mutaxassislari tibbiyot fanlari doktori (Ds), 4 nafar mutaxassislari tibbiyot bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lishlari hisobiga, markazning ilmiy salohiyati 44% yetkazildi.

Xalqaro xamkorlikda Koreya va Rossiya Federatsiyasining yetakchi olimlari ishtirokida markaz va uning xududiy filiallarida yuqori texnologik jarroxlik amaliyotlari bo‘yicha mahorat darslari va ma’ruzalar o‘tkazildi.

2024 yilning o‘tgan 9 oy davrida Markazda, Respublikamiz xududlaridan 26 nafar mutaxassislarni malakalari oshirilgan bo‘lsa, Markazning 15 nafar mutaxassislari xorijda o‘z malakalarini oshirdilar.

Quvayt Arab Iqtisodiy rivojlantirish Fondi mablag‘lari hisobiga markaz 6 turdagi uning xududiy filiallari esa 3 turdagi asbob-uskunlar bilan ta’minlangan bo‘lsa joriy yilning IV-chorgida  yana 21 turdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, natijada viloyat aholisiga o‘z yashash hududlarida malakali tibbiy xizmat olishlariga imkon yaratiladi.

 

Aziz vatandoshlar!

Biz, Markaz shifokorlari yil davomida xalqimizga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va salomatligini asrashda o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifalarni yuqori mas’uliyat va sadoqat bilan bajarishni davom ettiramiz!